Futzal. JCH-2016. Ispaniya chorak finalga chiqdi

Tolibjon Qosimov
22 sen 2016, 05:24
Futzal bo'yicha Jahon chempionatining nimchorak final bellashuvlari davom ettirilmoqda.

Yevropaning amaldagi chempioni Ispaniya terma jamoasi Qozog'iston bilan bahs olib bordi. O'yinda so'nggi daqiqalargacha intriga saqlanib turdi, faqatgina oxirgi daqiqalarda ispanlar ikkita to'p kiritib yirik g'alabani tantana qilishdi. Shu tariqa, Ispaniya terma jamoasi JCH-2016ning chorak finaliga chiqdi.

JCH-2016
Nimchorak final

22.09.2016, 03:30

Ispaniya - Qozog'iston 5:2
Gollar:
Lozano 3, Bebe 23, D.Nurgojin 32 (avt.), R.Kampos 39, Migelin 40 - CH.Essenamanov 5, D.Nurgojin 31

Ispaniya (birinchi beshlik): Sedano, Ortiz, Alkardo, Pola, Migelin.
Zaxira: Xuanxo, Errero, Rivillos, Bebe, Fernandao, Lozano, Aleks, Raul Kampos.

Qozog'iston (birinchi beshlik): Igita, Leo, Aleksandr Dovgan, Dauren Nurgojin, Duglas.
Zaxira: Aleksandr Gurov, Arnold Knaub, Mixail Pershin, Aleksandr Grebonos, Nikolay Pengrin, Chingiz Essenamanov, Dinmuhambet Suleymenov, Pavel Taku, Ilya Mun.

Ogohlantirishlar: Lozano 16 - A.Knaub 8, D.Suleymenov 16, Duglas 24, N.Pengrin 29
Chetlatish: Lozano 38 (Ispaniya)

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia