Futzal. Evro 2016. Qozog'iston amaldagi chempionni engdi

Narzulla Saydullayev
10 fev 2016, 08:07
Serbiyada davom etayotgan futzal bo'yicha Yevropa chempionatida yarim finalning barcha ishtirokchilari ma'lum bo'ldi.

Kecha oqshom chorak final bosqichining so'nggi ikki uchrashuvi o'tkazildi. Qozog'iston terma jamoasi amaldagi Yevropa chempioni Italiyani 5:2 hisobida mag'lub etdi.

Ikkinchi chorak final juftligida Rossiya terma jamoasi ozarboyjonlik futzalchilardan yirik 6:2 hisobida ustun keldi. Bir kun avval Serbiya va Ispaniya terma jamoalari ham yarim finalga yo'llanma olishgandi. Endi 11 fevral kuni o'tkaziladigan yarim finalda Qozog'iston Ispaniya bilan, Rossiya Serbiya bilan to'qnash keladi.

QOZOG'ISTON – ITALIYA 5:2
Gollar: Leo, 15:51, 39:37, Jamankulov, 18:47, Esenamanov, 22:51, Nurgojin, 36:30 – Fortino, 22:21, Kanal, 36:24
Qozog'iston: Igita, Leo, Duglas, Dovgan, Esenamanov
Zaxiradan o'yinga qo'shilganlar: Shamro, Suleymenov, Pershin, Knaub, Grebonos, Jamankulov, Pengrin, Taku, Nurgojin
Italiya: Mammarella, Erkolessi, Gabriel Lima, Aleks Merlim, Fortino
Zaxiradan o'yinga qo'shilganlar: Miarelli, Romano, Ledjero, Jasson, Murilo, Onorio, De Luka, Patias, Kanal

ROSSIYA – OZARBOYJON 6:2
Gollar: Abramov, 06:24, 25:40, Romulo, 14:59, Eder Lima, 24:57, 38:33, 39:31 – Augusto, 07:53, 28:04
Rossiya: Gustavo, Davidov, Pereverzev, Eder Lima, Robino
Zaxiradan o'yinga qo'shilganlar: Vikulov, Shayaxmetov, Sergeev, Kutuzov, Milovanov, Romulo, Liskov, Abramov, Shakirov
Ozarboyjon: Guseynli, Eduardo, Rafael, Augusto, Amadeu
Zaxiradan o'yinga qo'shilganlar: Zamanov, Zeynalov, Farzaliev, Xamazaev, Chovdarov, Fineo de Araujo, Borisov, Bagirov, Chuykov

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com