

Chempionat reglamentiga ko'ra finalda qaysi jamoa 2ta g'alabaga erishsa o'sha chempion deb topiladi. Birinchi kungi finalda "Ardus" yirik g'alabaga erishgandi - 3:0. Kecha bo'lib o'tgan ikkinchi o'yinda esa "Olmaliq" 5:3 hisobida zafar quchdi.
Bugun bo'lib o'tadigan hal qiluvchi uchrashuvda qaysi jamoa g'olib bo'lsa O'zbekiston chempioni bo'ladi. O'yin soat 18:00da "O'zbekiston" sport majmuasida bo'lib o'tadi.
Ma'lumot uchun, "Ardus" 5 karra O'zbekiston chempioni, "Olmaliq" esa amaldagi chempion hisoblanadi.




