

Kecha uchinchi o'rin uchun birinchi kun o'yini o'tkazilgan edi. Bu haqda xabar bergan edik. Bugun XXI O'zbekiston chempionati final seriyasiga start beriladi. Unda amaldagi chempion Olmaliqning "Olmaliq" jamoasi va 6 karra chempion Toshkentning "Ardus" klubi o'zaro bellashadilar. Uchrashuv 18:00da "O'zbekiston" sport majmuasida bo'lib o'tadi. Arenaga kirish bepul.
Bugun, shuningdek uchinchi o'rin uchun ikkinchi kun o'yini ham o'tkaziladi. Ushbu bahsga 15:00da start beriladi.
Eslatib o'tamiz, pley-off uchrashuvlari tomonlardan birining ikkita g'alabasiga qadar davom etadi.
Oliy liga
20.04.2017
Uchinchi o'rin uchun
15:00. "Do'stlik-AIN" - "Bunyodkor"
Final
18:00. "Olmaliq" - "Ardus"



