Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Venesuela bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi

Aslanov Jasurbek
25 may 2021, 14:23
Xabaringiz bor, shu yili futzalchilarimiz Litvada o'tadigan Jahon chempionatida ishtirok etishadi

Tayyorgarlik doirasida bir qancha yig'inlar o'tkazish rejalashtirilgan. Ulardan biri iyun oyi oxirida Toshkent shahrida tashkil etiladi. Poytaxtimizga Jahon chempionati ishtirokchisi va Janubiy Amerikaning eng kuchli terma jamoalaridan biri Venesuela tashrif buyuradi. 

O'FA bilan kelishuvga ko'ra Venesuela terma jamoasi Toshkentdagi yig'inlari doirasida 25-28 iyun kunlari O'zbekiston terma jamoasi bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. O'yinlar "Yunusobod" sport majmuasida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати