⚡️ Futzal bo'yicha Osiyo Kubogi-2022. Yarim final juftliklari va o'yinlarning o'tkazilish vaqtlari

Eldor Akmurzayev
5 okt 2022, 08:00
Quvaytda davom etayotgan futzal bo'yicha qita birinchiligida 1/2 final ishtirokchilari aniq bo'ldi.

Unga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi final ostonasida Yaponiya bilan bahs olib boradi. “Kunchiqar yurt” vakillari chorak finalda Indoneziyani 3:2 hisobida engdi, Bahodir Ahmedov shogirdlari esa mezbon Quvaytni 3:0 natijasi bilan taslim etishga erishdi.

1/2 final bahslari 6 oktyabrda bo'lib o'tadi:

19:00, O'zbekiston – Yaponiya

22:00, Tailand – Eron

Eslatib o'tamiz, musobaqaning hal qiluvchi uchrashuvi 8 oktyabrga belgilangan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia