

Klublarda esa bir qator o'zgarishlar ro'y bermoqda. "Ardus" hamda "Bunyodkor" jamoalari o'zaro futzalchilarni rokirovka qilishdi. "Qaldirg'ochlar" a'zosi hisoblangan Mashrab Odilov va Dilmurod Shavkatov "Ardus"ga, o'z navbatida "Ardus"ga tegishli bo'lgan Timur Sadirov bilan A'zam Saidahmatovlar "Bunyodkor"ga o'tishdi. Tomonlar futzalchilarni bir yil muddatga ijaraga berishdi.



