“Futbol qoidalaridagi o'zgarishlar” mavzusida OAV xodimlari uchun seminar o'tkaziladi

Narzulla Saydullayev
30 yanv 2017, 10:30
2017 yilning 3 fevral, juma kuni O'zbekiston Futbol Federatsiyasi anjumanlar zalida OAV xodimlari uchun “Futbol qoidalaridagi o'zgarishlar” mavsuzida o'quv-amaliy seminar bo'lib o'tadi.

Seminar FIFA referilari Ravshan Ermatov va Vladislav Seytlin hamda FIFA va OFK instruktori Farhod Abdullaev tomonidan olib boriladi.

Dastlab, soat 9:00 da O'FFning sun'iy qoplamali maydonida amaliy mashg'ulotlar olib boriladi. Interaktiv mashg'ulotlar 15–20 daqiqa davom etadi.  

Shundan so'ng, O'FF anjumanlar zalida 12:00 ga qadar seminar bo'lib o'tadi. O'quv-amaliy seminarda futbol qoidalaridagi o'zgarishlar haqida ma'lumotlar beriladi. Barcha OAV vakillari mazkur seminarda ishtirok etishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com