Futbol beshafqat o'yin

Narzulla Saydullayev
8 sen 2022
Yevropa chempionlar ligasi 1-turidan o'rin olgan o'yinlar ichida eng dramatik bahs Madridda o'tdi.

90 daqiqa davomida jamoalar gol ura olishmadi. Bosh hakam 9 daqiqa qo'shib berdi.

90+1-daqiqada mezbonlar Ermosoning harakatlaridan keyin gol urishdi - 1:0.

Oradan 5 daqiqa o'tgach, "Portu" penalti orqali hisobni tenglashtirdi - 1:1.

Penalti belgilanishi va gol urilishi natijasida qo'shimcha daqiqalar yana ko'paydi.

90+11-daqiqa Antuan Grizmann boshi bilan gol urdi va "Atletiko"ga g'alaba keltirdi - 2:1.

Bahs so'nggida TV kameralari "Portu" libosidagi yosh bolakayni ko'rsatishdi.

Dastlab u hisob tenglashganidan xursand edi...




... Grizmann gol urganidan keyin bolakayga havas qilib bo'lmaydi.




Ha, azizlar, futbol beshafqat o'yin!


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia