“Fulxem” Shyurrleni ijaraga oldi

26 iyul 2018, 07:23
Dortmundning “Borussiya” klubi yarim himoyachisi Andre Shyurrle faoliyatini APLda davom ettiradi.

Germaniya termasi safida jahon chempionligini (2014) qo'lga kiritgan futbolchi keyingi ikki mavsumni “Fulxem”da o'tkazadi.

Yangi jamoasida futbolchi 14-raqamda to'p tepadi.

Ilgari ushbu futbolchi Angliya chempionatida “Chelsi” safida bir yarim mavsum to'p tepishga ulgurgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: "Фулхэм" расмий сайти