"Fulxem" Palinyani 45 mln. funtga sotmadi

Aslanov Jasurbek
17 iyul 2023
"Vest Xem" "Fulxem" yarim himoyachisi Joau Palinyaga qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, Deklan Rays kyetishidan so'ng tarkibni kuchaytirishga urinayotgan "Vest Xem" Palinya uchun 45 mln. funt taklif qilgan.

"Fulxem" taklifni rad etdi, chunki portugaliyalikni jamoada saqlab qolmoqchi. Ayni damda "Vest Xem"dagilar Palinya transferi amalga oshishi qiyin deb hisoblashmoqda.

Joau Palinyaning "Fulxem" bilan shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga etadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Athletic