Frenk Lempard "Nyu-York Siti" bilan deyarli kelishuvga erishdi

Aziz Tukhtamuradov
1 iyul 2014, 19:10
Angliyalik yarim himoyachi Frenk Lempard Amerikaning "Nyu-York Siti" jamoasi bilan kelishuvga erishdi.
Xabar qilinishicha, amerikaliklar futbolchini "Melburn Siti" jamoasiga ijaraga beradilar. Chunki MLS baxslari kelasi baxorda boshlanadi.
Eslatib o'tamiz, "Chelsi" futbolchi bilan shartnomasini uzaytirmadi va endi Lempard klubni erkin agent sifatida tark etadi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: football.kulichki.net