Fred: "YCHL uchun kurashamiz"

Mirjalol Normatov
10 noya 2019, 11:41
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Fred jamoaning APL kuchli to'rtligida bo'lishi mumkinligi borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Biz "Manchester Yunayted"miz, biz eng yuqori o'rinlar va eng kuchlilar qatorida bo'lishni istaymiz. Hozirgi o'rnimiz bizni qoniqtirmaydi va shu boisdan yuqoriga intilish uchun barcha kuchni sarflaymiz.

Albatta, kubok o'yinlari ham muhim. Biroq liga baribir ulardan ustunroq. Biz maydonga chiqayotganimizda eng yaxshi hususiyatlarimizni ko'rsatishga intilamiz va YCHL uchun kuchli to'rtlikka kirishga intilamiz", - dedi braziliyalik futbolchi.

Bugun mankunianliklar "Old Trafford"da "Brayton"ga qarshi bahs olib borishadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: manutd.com