Fred APL va UPLni solishtirdi

Mirjalol Normatov
11 okt 2018, 00:32
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Fred Ukraina va Angliya chempionatlarini solishtirdi.

"Angliya chempionati men oldin o'ynagan Ukraina chempionatidan katta farq qiladi. APLga iloji boricha tezroq moslashishga harakat qilyapman. Jamoadoshlarimning o'yinlarini diqqatlik bilan kuzatyapman.

"Manchester Yunayted" - buyuk jamoa. Shunday jamoalar natijalarda oqsaganida bosim boshlanadi. Muxlislar va matbuot klub tizimi ishdan chiqqan deb o'ylaydi. Natija yo'q jlyda har doim bosim bo'ladi", - dedi Fred.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports