Frank Riberi "Al Nasr"ga o'tishi mumkin

Alisher
5 avg 2019
Yarim himoyachi Frank Riberi hali ham kelajagi borasida bir qarorga kelmadi.

Futbolchi Saudiya Arabistonining "Al Nasr" klubiga o'tishi mumkin. Klub futbolchiga 2 yillik shartnoma taklif qilmoqda.

Riberi yakunlangan mavsum "Bavariya" safida 38ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 4ta assistga erishgan.

Futbolchi faoliyatini Fransiyaning "Bulon" klubida boshlagan. U "Bavariya" va "Bulon"dan tashqari "Olimpik Ales", "Brest", "Mec", "Galatasaroy" va "Marsel" kabi jamoalarda ham o'ynagan.

"Bavariya"ning sobiq o'yinchisi terma jamoa safida 2006-2014 yillar davomida harakat qilgan.


AlisherMuallif
Manba: Kicker