Fransiyaning Moldova va Islandiyaga qarshi o'yinlar uchun qaydnomasi ma'lum

Aslanov Jasurbek
14 mar 2019, 20:01
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham Evro-2020ning kvalifikaciya bahslari doirasidagi Moldova hamda Islandiya termalariga qarshi o'yinlarga boradigan 23talik tarkibni e'lon qildi.

So'nggi yig'inlarni o'tkazib yuborgan “Barselona” a'zosi Samyuel Umtiti hamda 2017 yildan buyon terma jamoaga chaqirilmayotgan “Bavariya” futbolchisi Kingsli Koman ham qaydnomadan joy olgan.

Demak, Fransiyaning tarkibi quyidagicha:

Darvozabonlar – Ugo Loris, Alfons Areolya, Stiv Mandanda.

Himoyachilar – Lyuka Din, Benjamen Pavar, Presnel Kimpembe, Rafael Varan, Leven Kurzava, Samyuel Umtiti, Djibril Sidibe , Kurt Zuma.

Yarimhimoyachilar – Pol Pogba, Ngolo Kante, Blez Matyuidi, Mussa Sissoko, Tangi Ndombele.

Hujumchilar – Antuan Grizmann, Olive Jiru, Kilian Mbappe, Kingsli Koman, Nabil Fekir, Floryan Toven, Antoni Marsyal.

Eslatib o'tamiz, Moldovaga qarshi uchrashuv 22 mart kuni, Islandiya bilan o'yin esa 25 mart sanasiga belgilangan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/equipedefrance