Fransiyalik futbolchi Germaniyaga qarshi bahsdan oldin doping qabul qilganmidi?

Aslanov Jasurbek
13 iyul 2016, 19:05
Germaniyaning "Bild" nashri Fransiya terma jamoasini dopingdan foydalanganlikda ayblayapti.

Fransiya Germaniyani 2:0 hisobida taslim etgan, bahsdagi ikkala golni Antuan Grizmann urgan edi.

FRANSIYA KIYINISH XONASIDA KOFEINLI STIMULYATOR TOPILDI


Yarim final bahsidan so'ng nemis nashri Fransiya terma jamoasining kiyinish xonasiga kirishga ruhsat oldi. Kiyinish xonasiga kirgan Guronsanning bo'sh idishini topishdi.

GURONSAN taqiqlangan vosita hisoblanmaydi, ammo uning tarkibida charchoqni enguvchi moddalar bor.

Nemis nashri doping bo'yicha mutaxassis Fric Sorgel bilan bu borada suhbatlashishdi:

"WADA anti-doping reglamentiga ko'ra, raqibdan suniy ustunlikka erishish dopingdan foydalanishga teng.

Guronsan men uchun doping! Ushbu vosita bilan quvvatni oshirish mumkin va bu isbotlangan. Shu bilan birga, Guronsan reakciya tezligiga ham ijobiy ta’sir qiladi".


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia