

Ammo mamlakatdagi ikki kubok finallari bo'lib o'tishi rasman ma'lum qilindi. Unga ko'ra, 24 iyulda PSJ - "Sent-Eten", 31 iyulda esa PSJ - "Lion" uchrashuvi bo'lib o'tadi.
"Get French Football News" xabariga ko'ra, ushbu finallarni "Stad de Frans"dan 5 ming muxlis kuzatib borishi mumkin bo'ladi. Fransiya futbol federatsiyasi ushbu o'yinlar uchun kamida 25 ming muxlis kirishini rejalashtirgandi. Lekin bunga mamlakat hukumati yo'l qo'ymadi.



