Fransiya terma jamoasining ikki yetakchisi jarohat sabab alohida shug'ullandi

Aziz Tukhtamuradov
11 iyun 2021, 09:57
Fransiya terma jamoasining ikki hujumchisi kichik jarohat sabab umumiy guruhdan alohida mashg'ulotlar olib bordi.

Antuan Grizmann va Karim Benzema kechagi mashg'ulotni boshqalardan alohida - sport zalida o'tkazishgan. 

Ularning har ikkisi ham Bolgariyaga qarshi o'rtoqlik o'yinida jarohat olgandi. 

Eslatib o'tamiz, Fransiya Yevropa chempionatidagi ilk o'yinini 15 iyun kuni Germaniyaga qarshi o'tkazadi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: twitter.com/JulienMaynard