Fransiya kubogi. “Renn” penaltilar seriyasida PSJdan ustun keldi

“Stad de Frans” stadionida o'tgan Fransiya kubogining final bellashuvida kutilmaganda “Renn” futbolchilari sovrinni o'zlari bilan olib ketadigan bo'lishdi.

Uchrashuvning 13-daqiqasida PSJ himoyachisi Dani Alves hisobni ochdi. Taym o'rtalarida Neymar oradagi farqni oshirdi. 40-daqiqada PSJ himoyachisi Kimpembe o'z darvozasini ishg'ol etdi. Ikkinchi bo'lim o'rtasida “Renn” himoyachisi Mesher muvozanatni tikladi-2:2.

Uchrashuvning asosiy va qo'shimcha vaqtlarida darvozalarga boshqa to'p kiritilmadi. 118-daqiqada parijliklar forvardi Kilian Mbappe maydondan chetlatildi. Penaltilar seriyasida esa omad “Renn” futbolchilari tomonida bo'ldi -6:5.

“Renn” o'z tarixida uchinchi bor Fransiya kubogini qo'lga kiritdi. Bungacha ular 1965 va 1971 yillarda ushbu sovrinni qo'lga kiritishgan. Kubokni qo'lga kiritish borasida mutlaq rekordsmen PSJ (12 marta) hisoblanadi.


Manba: championat.asia