Fransiya klubi 57 yildan so'ng evrokuboklarga qaytdi
Eldor Akmurzayev
1 avg 2020, 20:30
Liga Kubogi finalida PSJning “Lion” ustidan zafar quchishi, Liga 1 jadvalida 6-o'rinni band etgan jamoaga imkon yaratdi.
Shu tariqa, Yevropa Ligasiga “Reyms” yo'llanma oldi. Jamoa musobaqani 2-saralash raundidan boshlaydi. “Qizil-oqlar” so'nggi bor evrokuboklarda 57 yil muqaddam qatnashgan edi.