Franchesko Totti: “Spaletti “Roma”ning kelajagi”

Aslanov Jasurbek
21 mar 2017, 22:38
“Roma” hujumchisi Franchesko Totti o'zi va jamoasi haqidagi savollarga javob qaytardi.

-Bir yildan keyin nima ish qilasiz?

-Balkim “Roma” direktori bo'lishim mumkin. Balki o'shandayam maydonda to'p tepishim mumkin. Balki futbol agentiga aylanib, yangi chempionlarni kashf etarman. Axir menda bu tajriba bor.

-Spalettining kelajagi borasida ko'p gap-so'zlar quloqqa chalinmoqda. Siz bu haqda nima deysiz?

-Men Spalettini murabbiylik kursisida saqlab qolardim. Chunki u “Roma”ning kelajagi.

-Ayni paytdagi eng oliy maqsadingiz...

-“Roma” bilan Skudttoni qo'lga kiritish.

-Nimadan juda qattiq afsusdasiz?

-“Roma” bilan Chempionlar ligasida g'olib chiqa olmaganimdan,-deydi italiyalik futbolchi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Roma Press