France Football saytidagi "Oltin to'p" so'rovnomasi o'chib ketdi

Aslanov Jasurbek
11 okt 2018, 13:25
France Football nashri o'z saytida muxlislar uchun "Oltin to'p" so'rovonmasini ishga tushirgan edi.

Ishqibozlar uchun tashkil qilingan so'rovnomada 700 mingdan ortiq kishi ishtirok etgan edi.

Ishtirokchilarning deyarli yarmi "Barselona" forvardi Lionel Messiga ovoz berdi, "Liverpul" yarim himoyachisi Muhammad Saloh esa 31% ovoz yig'di. Ovoz beruvchilarning 8% "Yuventus" forvardi Krishtianu Ronalduni tanladi.

Keyinroq France Football nashri ushbu so'rovnomani o'chirib tashladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia