Fozil Musaev safga qaytdi!

Aslanov Jasurbek
4 okt 2018, 15:39
"Jubilo Ivata" yarim himoyachisi va O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Fozil Musaev safga qaytdi.

Yaponiya klubi matbuot xizmati bergan ma'lumotga ko'ra, Musaev safga qaytdi va jamoaning bugungi mashg'ulotida ishtirok etdi. Umumiy guruh mashg'ulotlarida qatnashgan hamyurtimiz tez orada Yaponiya chempionati bahslarida maydonga tushishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Fozil Musaev 27 mart kuni O'zbekiston terma jamoasining Marokashga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida jarohat olib maydonni tark etishga majbur bo'lgandi. Tibbiy ko'rikdan so'ng uning jarohati jiddiyligi aniqlangan edi.

Fozil Musaev: Tezroq safga qaytishga harakat qilaman

Fozil Musaevga yaponcha ehtirom (VIDEO)

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia