Fotomaqola. Terma jamoamizga qo'shilib, biz ham boshladik!

Nadirkhuja Yuldashev
25 noya 2014, 10:00
Biz uchun mavsum bu yil tugamaydi, tugagan ham edi-ki, MTJ Osiyo Kubogi - 2015 tayyorgarligini boshlab yubordi.
Bunday paytda jim o'tirib bo'lmaydi, buni o'quvchilarimiz ham kechirishmasa kerak, to'g'rimi?


Terma jamoa bilan ishlash doimo yoqimli bo'lib kelgan. Boisi oddiy, unda mamlakatning eng yetakchilari shug'ullanadilar. Unga nomzodlar esa o'zlariga bildirilgan ishonch yo'lida mehnat qiladilar. Bu yerda barchaning imkoniyati teng, bu yerda hamma vatan uchun o'ynaydi. 

Mashg'ulotlar boshlanishini hammadan ham ko'ra ko'proq kutamiz desak aldamagan bo'lamiz. Mana o'sha kun ham yetib keldi, 24 noyabr kuni O'zbekiston terma jamoasi mahalliy futbolchilar bilan mashg'ulotlarga kirishdi. 




Bu suratni ikkinchi marotaba ko'rdingiz-a? Bazan shunday kadrlar chiqib qoladi.




Mirjalol Qosimov "Bunyodkor"dagi sobiq hamkasblari bilan. Sergey Lushan shu kunlarda saytimiz uchun eksklyuziv intervyu berishga rozilik bildirdi, buni sizlar ham kutayotgan edinglar...




O'zimizning akalar: Abdulla aka, Abror aka, Jamol aka...




Aleksandr Volkov ham ishga kirishib ketdi. Uning mavsum xizmati mavsumdan avval juda kerak bo'ladi...




Ooooo, Navro'z Alimovga baxt tilaymiz...




Kamoliddin Murzoevning maqsadi jiddiy, Osiyo Kubogida ishtirok etish, buning uchun mehnat qilish kerakligini ham biladi. Undan tashqari Lutfillo To'raev, Aziz Ibragimov va Farrux Sayfiev ham buni yaxshi tushunib turishibdi. Qolganiga BAAda bo'lib o'tadigan ikkita yig'in oydinlik kiritadi.


Nodirxo'ja Yuldashev


Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia