FOTOMAQOLA. O'zbekiston terma jamoasi Tailandni qanday mag'lub etdi

Tolibjon Qosimov
7 iyun 2017, 12:47
Kecha O'zbekiston milliy terma jamoasi o'rtoqlik o'yinida Tailandni 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

Quyida "Bunyodkor" stadionida kechgan uchrashuvdan fotomaqolani e'tiboringizga havola etamiz.

Kecha terma jamoamiz Server Jeparov sardor sifatida maydonga boshlab tushdi.

Madhiyamiz yangrayotgan payt.

Tailandning boshlang'ich tarkibi.

O'zbekistonning boshlang'ich tarkibi.

Akmal Shorahmedov kichik tanaffusdan keyin yana terma jamoa tarkibida maydonga tushdi.

Tailandning gavdali va baquvvat hujumchisi Sirod Chattongni Egor Krimec yaxshi qo'riqladi.

Eldor Shomurodovning maydonga tushirilishi o'yinni o'zgartirdi.

Temurxo'ja Abduxoliqov hisobni ochgan vaziyat.

Qizig'i, kecha vakillarimiz terma jamoaning omadli tayoqchasi Aleksandr Geynrix maydonga tushgan zahoti gol urishdi.

Sardor Rashidov esa shedevr gol urdi.

Kechagi ikkita gol mualliflari Abduxoliqov va Rashidovlar Sport TVga intervyu berishmoqda.

Kechagi o'yinga yakuniy izoh...


O'zbekiston - Tailand (2:0) uchrashuvidan to'liq fotogalereyani saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin. >>> FOTOGALEREYA


Tolibjon Qosimov

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia