FOTOGALEREYA. Liverpul ko'chalarini qizil rangga bo'yagan muxlislar
Aslanov Jasurbek
5 apr 2018, 16:55
4 aprel kuni "Liverpul" hamda "Manchester Siti" o'rtasida Chempionlar ligasi chorak final ilk uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Muhammad Saloh, Aleks Oksleyd-Chemberlen va Sadio Manening gollari tufayli bahs 3:0 hisobida "qizillar"ning g'alabasi bilan yakunlandi. O'yindan oldin "Liverpul" muxlislari shahar ko'chalarini qizil rangga bo'yashdi.