FOTO. “Everton” Kinning transferini e'lon qildi

Aslanov Jasurbek
4 iyul 2017
Angliyaning “Everton” klubi rahbariyati “Bernli” himoyachisi Maykl Kinning transferini e'lon qildi.

Futbolchi “irislar” bilan 2022 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi. Kinning transferi bonuslar bilan qo'shib hisoblaganda 30 mln funt sterlingga yetishi mumkin. Bu holatda jamoa rekordi takrorlanadi.

O'tgan mavsumda 24 yoshli Kin APLda 35ta uchrashuvda maydonga tushib, 2ta gol kiritdi va bitta golga assistentlik qildi. To'rtta sariq kartochka ishlab oldi. U “Bernli” sharafini 2014 yildan beri himoya qilib kelayotgandi. 




Aslanov JasurbekMuallif
Manba: