FOTO. "Atletiko" "Barselona" ustidan kuldi

Aslanov Jasurbek
15 apr 2026, 15:32
UEFA Chempionlar ligasi chorak finalida "Barselona"ni taslim qilgan "Atletiko" ijtimoiy tarmoqlar orqali kechagi raqibi ustidan kuldi.

UEFA Chempionlar ligasi chorak finali doirasidagi "Barselona"ga qarshi bahsdan so'ng Madridning "Atletiko" klubi ijtimoiy tarmoqlarda raqibi ustidan trolling uyushtirdi.

Madridliklar o'zlarining rasmiy sahifasiga stadion chimi fonidagi suratni joylab, unga "Ertalab yangi o'rilgan maysa hidini yaxshi ko'raman" deya izoh qoldirishdi.

Untitled-1.png

Gap shundaki, o'yin oldidan "Barselona" bosh murabbiyi Xansi Flik UEFAga "Metropolitano" stadionidagi maysaning balandligi borasida rasmiy shikoyat kiritgan edi. Flikning fikricha, baland o'sgan chim kataloniyaliklarning tezkor o'yiniga xalaqit berishi mumkin bo'lgan.

Ikki bahs natijasiga ko'ra zafar quchgan "matraschilar" esa o'yindan so'ng raqib murabbiyining ushbu etiroziga mana shunday kinoya bilan javob qaytarishdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: x.com/atletienglish