Forz Ko'rfazi Kubogi-2019. Bahrayn – S.Arabistoni o'rtasidagi final taqdirini yagona gol hal etdi

Eldor Akmurzayev
8 dek 2019, 23:20
Qatar poytaxti Doha shahrida bo'lib o'tgan 24 Fors Ko'rfazi Kubogi musobaqasi o'z yakuniga etdi.

Hal qiluvchi uchrashuvda Bahrayn termasi Saudiya Arabistoniga qarshi to'qnash keldi. O'yinning 69 daqiqasida Muhammad al-Romayhi tomonidan kiritilgan gol bahraynliklar minimal g'alabani taqdim etdi. Shu tariqa, mazkur terma jamoa o'z tarixida ilk bor Fors Ko'rfazi Kubogida g'oliblikni qo'lga kiritdi. Saudiya esa 7 marotaba finalda yutqazdi. Ularning hisobida uchta titul bor edi.

Forz Ko'rfazi Kubogi-2019. Final.
“Abdulloh bin Halifa” nomidagi stadion.
Bahrayn – Saudiya Arabistoni 1:0 (0:0, 1:0)
Gol:
Muhammad al-Romayhi 69
Amalga oshirilmagan penalti: Salmon Al-Faraj 12

 


O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia