Forbes: “Real” – dunyoning eng qimmat klubi

Narzulla Saydullayev
17 iyul 2014, 08:06
Dunyoga mashhur Forbes jurnali sayyoramizning eng boy klublari reytingini e'lon qildi.
Birinchi o'rinda hamon Madridning “Real” klubi bormoqda. “Qirollik klubi” 3,44 milliard dollarga baholanyapti.

“Barselona” bu safar “Manchester Yunayted”ni quvib o'tib, ikkinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Kataloniyaliklar 3,2 milliard, mankunianliklar esa 2,8 milliard dollarga narxlangan.

Dunyoning eng qimmat 50 ta sport klublari safidan “Bavariya” (1,85 milliard dollar), “Arsenal” (1,33 mlrd), “Chelsi” (0,87 mlrd), “Manchester Siti” (0,86 mlrd), “Milan” (0,85 mlrd).

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com