Foden ketma-ket ikkinchi mavsum APLning eng yaxshi yosh o'yinchisiga aylandi

Alisher
21 may 2022, 15:10
Filip Foden APLning mavsumdagi eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.

21 yoshli "Manchester Siti" xavbeki ushbu sovrinni ketma-ket ikkinchi marta qo'lga kiritdi. U buni uddalagan ilk o'yinchi bo'ldi.

23 yoshgacha bo'lgan futbolchilarga taqdim etiladigan mukofot uchun shuningdek Trent Aleksander-Arnold ("Liverpul"), Konor Gallaxer ("Kristal Pelas"), Tayrik Mitchell ("Kristal Pelas"), Meyson Maunt ("Chelsi"), Aaron Remsdeyl ("Arsenal"), Deklan Rays ("Vest Xem") va Bukayo Saka ("Arsenal") da'vogarlik qilishgan edi.

Foden Premer-liga doirasidagi 27ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 5ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: premierleague.com