Florentino Peres: "Hozircha boshqa transferlar bo'lmaydi"

Sherzod Nurmatov
16 iyun 2022
"Real Madrid" prezidenti Florentino Peres jurnalistlarning jamoa ushbu yozda futbolchilarni sotib olishda davom etishi haqidagi savoliga javob berdi.

Xabaringiz bor, mavsum yakunlangach, Ispaniya chempioni "Monako" xavbeki Orelen Chuamenini 100 million evrodan ortiq summa evaziga sotib oldi. Shuningdek, jamoa "Chelsi"dan Antonio Ryudigerni tekinga qo'lga kiritdi.

"Hozircha boshqa transferlar bo'lmaydi. Keyin nima bo'lishini ko'ramiz. Yoz uzoq davom etadi", – dedi Peres.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: El Chiringuito