Florenci "Milan"ga o'tishga qaror qildi

Alisher
10 avg 2021, 12:54
"Roma" himoyachisi Alessandro Florenci "Milan"ga o'tishga yaqin.

Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lumotiga ko'ra, 30 yoshli italiyalik futbolchi Milan klubiga o'tishga qaror qildi.

"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyu yangi mavsumda o'yinchiga ishonch bildirmaydi.

Florenci o'tgan mavsumni ijara asosida PSJda o'tkazdi. Futbolchi 31ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira