Flik: "Sevilya"ga qarshi og'ir o'yin kutib turibdi"

Alisher
24 sen 2020, 11:24
"Bavariya" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik UEFA Superkubogi doirasidagi "Sevilya"ga qarshi o'yin oldidan o'z fiklarini bildirib o'tdi.

"Sevilya" - Yevropa ligasi g'olibi. Ular Superkubokda ishtirok etishga haqlilar. Og'ir o'yin kutib turibdi, biz uchun muhim bo'lgan sovrinni yutishni istasak, o'zimizning eng yaxshi o'yinimizni namoyish etishimiz kerak.

Superkubokning muhimligi? Sovrinlarni ajratish uchun hali ko'p tajribaga ega emasman, ammo bu biz uchun top-turnir. "Sevilya"da ajoyib jamoa va ularni yaxshi darajaga ko'targan va taktik jihatdan ajoyib tayyorlagan juda yaxshi murabbiy bor.

Biz yuqori intensivlik va g'alaba qozonishga bo'lgan qobiliyatimizni maydonda 100% ko'rsatishimiz kerak. "Sevilya"ga qarshi o'yinda esa 99% ham etarli bo'lmay qoladi", - deydi Flik.

Eslatib o'tamiz, "Bavariya" - "Sevilya" o'yini bugun Budapeshtdagi "Pushkash-Arena"da Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: fcbayern.com