Flik "Sevilya"dan qabul qilib olingan sharmandali mag'lubiyatdan keyin o'zini himoya qildi

Sherzod Nurmatov
6 okt 2025, 14:32
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoasining La Liganing 8-turida "Sevilya"dan uchralgan mag'lubiyati (1:4) haqida fikr bildirdi.

Murabbiyning so'zlariga ko'ra, mag'lubiyatga qaramay, "ko'k-anorranglilar" mavsum oxirigacha ishonch va kuchni saqlab qolishlari kerak.

"Biz yaxshi jamoamiz va futbolchilar albatta qaytadi. Biz bunga ijobiy yondashishimiz kerak. Ikkinchi bo'limda ko'rgan reakciyamdan mamnunman", – dedi Flik.

Murabbiyning takidlashicha, gap taktikada emas, balki jiddiy xatolarda.

"Muammo taktikada emas. Biz har doim bir xil o'ynaymiz. Ko'p narsa noto'g'ri ketdi: birinchi bo'lim yomon o'tdi, ammo ikkinchi bo'limda o'zgara oldik. Bundan saboq olib, kuchliroq bo'lib qaytishimiz kerak".

Eslatib o'tamiz, o'yin 5 oktyabr kuni “Ramon Sanches Pisxuan” stadionida bo'lib o'tgan va unda "Sevilya" sensacion tarzda "Barselona"ni 4:1 hisobida mag'lub etgandi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fcbarcelona.com