Flik: “Jahon chempionligini qo'lga kirita olamiz”, deb aytishim mumkin, ammo…”

Eldor Akmurzayev
22 dek 2021, 08:45
Germaniya TJ ustozi Xans-Diter Flik shogirdlarining JCH-2022'dagi imkoniyati haqida gapirdi.

“Maksimal muvaffaqiyatga erishmoqchimiz. Barchasi o'yinchilarning formasiga va individual mahoratiga bog'liq. Bizda qoyilmaqom jamoa bor, hamma muvaffaqiyatga erishishni va titullarni qo'lga kiritishni xohlaydi. Yanada kuchayishimiz uchun hali vaqtimiz etarlicha.

“Ha, hiz jahon chempionatida g'alaba qozona olamiz”, deb aytishim mumkin. Ammo hech narsani vada qilmoqchi emasman. Men kafolatlay oladigan yagona narsa shuki, bor kuchimizni berib, barchasini ishga solishga harakat qilamiz”, deydi Flik.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Bild