

Bu haqda Braziliya klubi rasmiy sayti xabar bermoqda. 26 yoshli futbolchi bilan shartnoma 2026 yilning so'nggiga qadar mo'ljallangan.
Everton "Benfika"da 2020 yilning avgustidan beri o'ynayotgan edi. Forvard 2021/22 yilgi mavsum Portugaliya jamoasi tarkibida 46ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 7ta assist qayd etdi.
Transfermarkt portali Evertonning xaridi "Flamengo"ga 13,5 million evroga tushganini ma'lum qilgan.



