"Fiorentina" Vlaxovichning sotuvidan 60 million evro ishlab olmoqchi

Alisher
1 may 2021, 17:16
"Fiorentina" jamoa hujumchisi Dushan Vlaxovichni sotmoqchi.

Klub 21 yoshli serbiyalik futbolchini 60 million evroga qo'yib yubormoqchi. Futbolchiga "Milan" va "Roma" klublari qiziqish bildirmoqda.

Vlaxovich 2020/21 yilgi mavsum "Fiorentina" tarkibida 32ta o'yinda maydonga tushib, 17ta gol va 2ta assist qayd etdi.

Transfermarkt forvardning narxini 25 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Football Italia