Finalda "Bavariya" - "Roma" o'ynashi kerak!

Narzulla Saydullayev
3 may 2018
"Roma" klubi sport direktori Ramon Monchi "Liverpul" bilan o'yindan keyin YCHL yarim final uchrashuvlarini boshqargan hakamlarni keskin tanqid qildi va finalda "Bavariya" hamda "Roma" haqli bo'lganini ta'kidladi.

Ramon Monchining fikriga ko'ra, agarda YCHLda video-takror tizimi ishlaganida, unda finalda "Bavariya" bilan "Roma" o'ynagan bo'lardi. Bu haqda Italiyaning mashhur nashri "La Gazzetta dello Sport" jar solmoqda.

Butun Italiya matbuoti YCHL yarim finallaridagi hakamlikni keskin tanqid qilmoqda. Italiyaning mashhur gazetalari UEFAdan YCHLda VAR, yani video-takror tizimini joriy qilishni talab qilishmoqda.

"Real" va "Liverpul" esa hakamlarning qo'pol xatolari evaziga final chiptasini qo'lga kiritishgani aytilmoqda.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: La Gazetta Dello Sport