Final oldidan "Tottenxem"ning uch futbolchisi jarohatidan forig' bo'ldi

Mirjalol Normatov
24 may 2019, 00:13
Bir qancha vaqt davomida jarohatini davolagan "Tottenxem" futbolchilari bugun mashg'ulotlarda qatnashishdi.

"Shporlar" rasmiy sayti ushbu mashg'ulotda Yan Vertongen, Davinson Sanches hamda Xarri Keyn safga qaytganini ma'lum qildi. Biroq ular finalga tayyor emas.

Belgiyalik 8, kolumbiyalik 4 may, angliyalik esa 9 apreldan buyon o'yinlarda qatnashishmayapti.

"Liverpul"ga qarshi final esa 1 iyun kuni o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: spursofficial