Filippo Indzagi: "Milan" Yevropa ligasiga yo'llanma olishi kerak"

Narzulla Saydullayev
5 apr 2015, 09:26
"Milan" bosh murabbiyi Filippo Indzagi "Palermo" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (2:1) o'z fikrlarini bildirdi.
"Biz yaxshi o'ynadik. Tarkibga bir qator futbolchilar jarohatdan so'ng qaytishdi. G'alabadan xursandmiz. Biz Yevropa ligasiga yo'llanma olishimiz kerak. Doim 4-3-3 taktikasida o'ynadik, faqat jarohatlar tufayli yanvar va fevralda bunday bo'lmadi. Hozir g'alaba ruhiy kuchayish uchun kerak", - deydi Indzagi Mediaset Premium nashriga.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net