Filippo Indzagi boshqaruvidagi “Benevento” A Ceriyaga chiqdi

30 iyun 2020, 09:12
A Ceriyaga chiqqan ilk klub nomi ma'lum bo'ldi.

Filippo Indzagi boshqaruvidagi “Benevento” klubi B Ceriyaning 31 ta o'yinida 76 ochko jamg'argan holda rekord qo'ydi va A Ceriyaga yo'llanmaning ilk sohibi bo'ldi.

Qayd etish joiz, “Benevento” o'zi tarixida ikkinchi bor yuqori divizionda qatnashadi. Klub birinchi marta 2016/17 yilgi mavsum A Ceriyada qatnashgan edi.

46 yoshli Filippo Indzagi o'tgan mavsum “Bolonya” bosh murabbiyi sifatida ishlagan, 21 ta o'yinda atigi 2 ta g'alaba qozongani uchun 2019 yil yanvarida ishdan bo'shatilgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta