Filippe Koutino: "MYU" sovrinlari haqida hech narsa bilmayman"

Tolibjon Qosimov
31 avg 2013, 16:15
"Liverpul" yarim himoyachisi Filippe Koutino "Manchester Yunayted"ning sovrinlari haqida hech nima bilmasligini tan oldi.
Bu ikki klub o'rtasidagi o'yin 1 sentyabr kuni bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 17:30 da boshlanadi.

  – Men "MYU"ni sovrin yutayotganini ko'rmaganman, – deydi Koutino Goal.com nashriga. – Esimda, ular o'tgan yil Angliya chempioni bo'lishdi, shu holos. Biroq ularda kuchli o'yinchilar ko'p va murabbiy almashishi ularning kuchsizlanishidan darak bermaydi. "Liverpul" yakshanba kungi o'yinda g'olib chiqmoqda. "Manchester Yunayted"ga qarshi hali maydonga tushmaganman, ammo bu ikki klub o'rtasidagi o'yinlar tarixi hatto Milan derbisidan ham uzoqroqqa borib taqalar ekan. 

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru