Filippe Koutino: "Barsa"da o'ynashni orzu qilganman va bu qarorimdan afsuslanmayman"

Alisher
26 fev 2022, 15:56
"Aston Villa"da ijara asosida o'ynayotgan Filippe Koutino "Barselona"ga o'tganidan afsuslanmasligini aytdi.

- "Liverpul"dan "Barselona"ga o'tganingizdan afsuslanasizmi?

- Yo'q. Ma'lum bir lahzalarda qaror qilishga to'g'ri keladi va eng katta orzularimdan biri "Barselona" uchun o'ynash edi, o'sha lahzada bu qarorni qabul qilganman.

Ammo, "Liverpul"ga u yerda o'tkazgan ko'p yillik faoliyatim davomidagi do'stlik uchun muhabbat, hurmat va minnatdorchilik bilan munosabat bildiraman. Ammo, o'sha paytda qaror qabul qilishim kerak edi va bundan afsuslanmayman", - deydi Koutino.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ESPN