Filipe Luis: "Agar PSVni mag'lub etsak, yana "Atletiko"ga aylanamiz"

Aslanov Jasurbek
20 noya 2016, 17:43
"Atletiko" himoyachisi Filipe Luis "Real"dan uchralgan mag'lubiyat (0:3) haqida fikr bildirdi.

"Qanday o'nash kerakligini tushungandik, ammo birinchi goldan so'ng to'p bilan ko'proq muomala qila olmadik. Juda ham shoshdik, raqibning harakatlari esa xavfliroq chiqdi. Ikkinchi goldan so'ng hammasi qiyinlashib ketdi.

Biz yana eng yaxshi bo'lishni istaymiz. Agar chorshanba kuni PSVni mag'lub etsak, yana "Atletiko"ga aylanamiz. Ishonch faqat g'alaba bilan qaytadi" - deydi Luis.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com