FIFA.UZ: “Sony PlayStation 3” taqdiri keyingi turga qoldi

Nadirkhuja Yuldashev
5 iyul 2013, 22:08
Do'stlar! O'zbekiston chempionatining dastlabki davrasi yakunlandi, biz uning yakunlarini e'lon qilamiz.
Birinchi davraning g'olibi “Bunyodkor” jamoasi bo'ldi, ushbu jamoa boshqa ishtirokchilarni katta farq bilan ortda qoldirib 731 ochko to'plashga erishdi. Ikkinchi va uchinchi o'rinlarni Manchester United va NURAFSHON_1996 jamoalari egallashdi, ular mos ravishda 684 va 682 ochko to'plashdi. Ushbu jamoani tuzgan ishtirokchilarga maxsus FIFA.uz futbolkalaridan tashqari O'zbekiston milliy terma jamoasi yulduzlari dastxati tushirilgan to'plar taqdim etiladi. Eslatib o'tamiz, birichni davrada kimning jamoasi dastlabki 100 ta jamoa orasida bo'lsa ularga ham (Jadval bo'limidagi birinchi 2ta sahifa, Shaxzod NASAF jamoasga qadar) FIFA.uz futbolkalari sovg'a qilinadi. 

Bundan tashqari, oldinroq e'lon qilinganidek, birinchi davrada eng ko'p ochko to'plagan uchta ishtirokchi muxlislik qiladigan klubning fan klubiga 100 tadan futbolka taqdim etiladi. Yuqorida nomlari keltirilgan jamoalarni (“Bunyodkor”, “Manchester United” va “NURAFSHON_1996”) tuzgan ishtirokchilarga so'rov yuborildi. Ular o'zlari muxlislik qilayotgan klub nomini yozib yuborishlari talab etiladi.

Va eng asosiysi super yutuq! Bu daqiaqlarni ko'pchilik kutgani aniq, mana uning yakunlari:



Bunyodkor - 359
FC Abbosbek - 359
---
bahodirmirzo - 356
KOLYA-2 - 350
THE BEST CLUB FARM - 350
BarcaUZB - 348
AZIYA - 346
Andijon-CHAMPION - 346
Villain - 346
king.uz - 345

Bu esa “Sony PlayStation 3” taqdiri kamida 14-turda aniqlanadi. Sababi 8-13-turlarda ikki jamoa bir xil ochko to'plashdi! Keyingi turda aynan mana shu ikki jamoaning ochkolari bo'yicha g'olib aniqlanadi! Agar o'sha turda ham tenglik yuzaga kelsa, navbatdagi turni kutamiz. G'olib aniqlanmagucha shu holat davom etadi.

Shu sababli biz taqdirlash marosimini aynan ushbu sovrin g'olibi aniqlangach tashkil etishga qaror qildik. Biz keyinroq e'lon qiladigan kunda dastlabki 100talikka kirgan barcha ishtirokchilarni tantanali taqdilash marosimiga taklif etamiz. O'sha kuni super yutuq ham egasiga topshiriladi. Yangiliklarni kuzatib boring, FIFA.uz o'ynashda davom eting!

Nadirkhuja YuldashevMuallif