FIFA.UZ: Nesterov, Son Xen Min va Al Shamroni bitta jamoada o'ynashi mumkinmi?

Narzulla Saydullayev
2 yanv 2015, 13:43
FIFA.UZ saytida Osiyo Kubogi uchun maxsus bo'lim ishga tushganini ma'lum qilgandik.
2015 yilning yanvar oyida Avstraliyada bo'lib o'tadigan qita chempionatida o'zingiz uchun jamoa tuzish imkoniga egasiz. Hozirga qadar 250dan ortiq ishtirokchi jamoa tuzib bo'ldi.
 
Musobaqa 9 yanvarda start oladi va 31 yanvarda o'z yakuniga etadi. Unda Osiyoning eng kuchli 16ta terma jamoasi ishtirok etadi. Ular orasida O'zbekiston milliy terma jamoasi ham bor.

Endi siz qitamizning eng kuchli futbolchilaridan iborat jamoa tuzib boshqalarga murabbiylik qobiliyatingizni ko'rsatib qo'yish imkoniga egasiz! Musobaqada eng ko'p ochko to'plagan ishtirokchi hamkorimiz JOMA kompaniyasi tomonidan taqdim etiladigan formalar to'plamini qo'lga kiritadi.

Dastlabki tur o'yinlari:

Avstraliya - Quvayt
Janubiy Koreya - Oman

O'zbekiston - KXDR
Saudiya Arabistoni - Xitoy

BAA - Qatar
Eron - Bahrayn
 
Yaponiya - Falastin
Iordaniya - Iroq

Dastlabki tur dedlayni: 9 yanvar kuni 12:30da.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia