FIFA.UZ: Ispaniya, Fransiya, Germaniya va Rossiyada bugun dedlayn

Narzulla Saydullayev
21 mar 2014, 10:32
FIFA.UZ ishtirokchilari bugun to'rtta chempionatda navbatdagi tur uchun tarkib tuzishlari mumkin.

Bugun Ispaniya, Fransiya va Germaniya chempionatlarida navbatdagi tur o'yinlari boshlanadi. Toshkent vaqti bilan soat 19:59ga qadar ushbu chempionatlardagi o'zgarishlarni amalga oshirish mumkin bo'ladi. Rossiyada bugungi dedlayn soat 18:00da tugaydi.

FIFA.UZ da Yevropa milliy chempionatlari uchun "Mega Sovg'a" e'lon qilgandik.

Bundan tashqari FIFA.UZ da 23 mart kuni oliy liganing ikkinchi tur dedlayni bo'ladi. Hozirga kelib 1900ga yaqin jamoa tuzildi.

SIZ hali jamoa tuzmadingizmi? Shoshiling, o'zingizni murabbiy sifatida sinab ko'ring. FIFA.UZ da ishtirok etib do'stlar orttirish va sovg'alar yutib olish mumkin. Birinchi davra g'olibi Osiyo chempionati final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritadi!

Ikkinchi tur uchun dedlayn 23 mart kuni soat 12:00da tugaydi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia