FIFA.UZ da Angliya, Germaniya va Fransiya uchun ochkolar hisoblandi

Narzulla Saydullayev
16 dek 2013, 18:42
Virtual futbol sayti FIFA.UZ da navbatdagi hafta yakunlandi.
Yevropaning yetakchi milliy chempionatlarida tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Jamoa tuzgan ishtirokchilar navbatdagi ochkolarini qo'lga kiritishdi. 


Angliya, Germaniya va Fransiya chempionatlarida o'z jamoasiga ega bo'lgan ishtirokchilar ochkolarini tekshirib olishlari mumkin (kamchiliklar va xatolar bo'lsa albatta to'g'irlanadi). 

Italiya va Ispaniyada tur bugun tunda yakunlanadi va seshanba kuni ochkolar taqdim etiladi.

Ortda qolgan turda Germaniya chempionatida g'olib bo'lgan ishtirokchiga o'zining sevimli klubi futbolkasi sovg'a qilinishi haqida xabar bergandik. Bu haqda keyinroq batafsil ma'lumot beramiz.  

Undan tashqari Yevropa milliy chempionatlari uchun "Mega Sovg'a" e'lon qilganmiz. 

YCHL 1/8 finali juftliklarini aniq topgan muxlisga
Chempionlar ligasi to'pi sovg'a qilinishidan xabaringiz bor. G'olibni seshanba kuni e'lon qilamiz. 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia